Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Meksikada bir inson hayotiga zomin bo‘ldi

Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Meksikada bir inson hayotiga zomin bo‘ldi

Yarim yengil vazn toifasida IBF va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Orlando Salido Sorano shtatida (Meksika) baxtsiz hodisaga sabab bo‘ldi.

Bu haqda ESPN jurnalisti Salvador Rodriges xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Salido o‘zining "Pikap" rusumli mashinasini turar-joyga borib urgan. Oqibatda uch kishi, jumladan Orlandoning o‘zi ham jarohatlangan. Afsuski, jarohatlanganlardan biri bir necha soatdan keyin halok bo‘lgan.

Hozirda Salido kasalxonada bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar himoyasida unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Orlando Salido oxirgi jangini 2017 yilning dekabrida Migel Romanga qarshi o‘tkazib, to‘qqizinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan. U professional boksda 44 g‘alaba (31 nokaut), 14 mag‘lubiyat va bitta durangga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!