“Lokomotiv” o‘z uyida “Surxon”ni yer tishlatdi

“Lokomotiv” o‘z uyida “Surxon”ni yer tishlatdi

Superliganing 11-turi doirasida Toshkentda “Lokomotiv” - “Surxon”, Qo‘qonda esa “Qo‘qon-1912” hamda “Dinamo” jamoalari o‘zaro bellashishdi.


“Temiryo‘lchilar” o‘z uylarida “Surxon” futbolchilarini yirik – 5:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Poytaxtliklar ustunligi ostida o‘tgan bahsning 15-daqiqasida Islom To‘xtaxo‘jayev burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘lladi - 1:0. Ketma-ket hujumlardan so‘ng, “Surxon” futbolchilari 27-daqiqada Yovan Jokichning 30 metrlar chamasi uzoqlikdan kiritgan goli evaziga birinchi bo‘limni 2:0 ko‘rinishidagi mag‘lubiyat bilan yakunlashdi.

Ikkinchi bo‘lim har ikki jamoaning oldinga tashlanishlari bilan o‘tayotgan bir pallada “Loko”ning turkmanistonlik legioneri Arslanmurot Amanov hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Oradan besh daqiqa o‘tmay Amanovning goliga assistentlik qilgan Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni yirik – 4:0 yetkazdi. 

Biroz xotirjamlikka yo‘l qo‘ygan “Loko” futbolchilari 79-daqiqada o‘z darvozalaridan bitta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. Gol muallifi Abbosbek Maxstaliyev. 

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Azizbek Omonov o‘z akasi qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi – 5:1.

Gollar: Islom To‘xtaxo‘jayev 16, - 1:0. Yovan Jokich 27, - 2:0. Arslanmirat Amanov 67, - 3:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov 73, - 4:0. Abbosbek Maxstaliyev 79, - 4:1. Azizbek Omonov 88, - 5:1. 

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Igor Yelich, Azizbek Haydarov (Azizbek Amonov, 46), Jamshid Iskanderov, Arslanmirat Amanov (Diyor Turopov, 72), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Javohir Alijonov, 80). 

“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Ayubxon No‘’monov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov (Abbosbek Maxstaliyev, 66), Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov (Azamat Allaniyazov, 69), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich.


Turning ikkinchi bahsi Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Qo‘qon-1912” hamda Samarqandning “Dinamo” klublari o‘zaro bellashdi. Teng va murosasiz kechgan uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekishdi.

Gollarga esa Bobur Qosimov (avtogol), Jasur Azimov (dubl) hamda Mirkomil Loqayev (avtogol) mualliflik qilishdi. 
 

“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” - 2:2 


Gollar: Bobur Qosimov 21 avtogol, - 1:0. Jasur Azimov 23 penalti, - 1:1. Jasur Azimov 28 penalti, - 1:2. Mirkomil Loqayev 46 avtogol, - 2:2. 

“Qo‘qon-1912”: 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov (22. Shaxboz Erkinov, 61), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (17. Bexruz Sadilloyev, 71), 14.Avaz Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiyev, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.Temur Usmonov (13. Javohir Esonqulov, 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 65.Marko Milich, 70.Murod Xolmuhammedov 

“Dinamo”: 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Xakimxon A’lamxonov, 7.Jasur Azimov, 11.Qadamboy Nurmetov (10. Amir Safarov, 46), 16.Bobur Qosimov, 21.Damir Temirov (20. Siroj Hamroyev, 70), 23.Sardorbek Eminov (9. Nizom Norov, 90), 24.Jasurbek O‘rinov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shoxruhbek Abdurahmonov. 

Ogohlantirishlar: Hakimxon A’lamxonov 32, Oybek Rustamov 40, Shohruh Abdurahmonov 58, Marko Milich 58. 

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!