Livanda 2019 yildan beri ilk bor parlament saylovlari o‘tkazilmoqda

Livanda 2019 yildan beri ilk bor parlament saylovlari o‘tkazilmoqda

Livanda 2019 yilda ommaviy namoyishlar boshlanganidan beri ilk bor parlament saylovlari o‘tkazilmoqda.

Bir paytlar “Yaqin Sharq Shveysariyasi” deb atalgan mamlakat og‘ir inqirozni boshidan kechirmoqda.

Odamlar bu muammolarda korrupsiya va hukmron sinfni ayblamoqda. BMT shuningdek, Livan aholisining inqirozi va qashshoqlashuvi Livan hukumati, xususan, mahalliy Markaziy bankning ishi ekanini ta’kidlaydi.

Livan moliya tizimi ulkan milliy qarz og‘irligi ostida qulab tushdi. 2020 yil mart oyida Livan 1,2 milliard dollarlik yevrobond to‘lovini to‘lay olmadi va defoltga uchradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!