Lavrov: "Kiyevning "Storm Shadow"dan foydalanishga ruxsat berish talabi olov bilan o‘ynashga teng"

Lavrov: "Kiyevning "Storm Shadow"dan foydalanishga ruxsat berish talabi olov bilan o‘ynashga teng"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevning Rossiyaga zarba berish uchun "Storm Shadow" raketalaridan foydalanish talablarini shantaj va "olov bilan o‘ynash" deb atadi.

Yamanlik hamkasbi bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Lavrov "biz bu taxminlarni anchadan buyon eshitib kelyapmiz", dedi va bu "olov bilan o‘ynash, ular esa xuddi o‘t bilan o‘ynagan yoshsh bolalarga o‘xshab ketmoqda" dedi.

Ikki kun avval The Guardian gazetasi Kiyevdagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib, Ukraina G‘arbdan Rossiya ichidagi nishonlarni yo‘q qilish uchun "Storm Shadow" raketalaridan foydalanishga ruxsat bermoqchi ekanini yozgan edi. Nashr Ukraina Qurolli kuchlarining bunday harakatlari Moskvani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishini taxmin qilgan.

Nashr suhbatdoshlarining fikricha, ingliz-fransuz qurollaridan "namoyishli hujum" uchun foydalanish Kremlga Rossiya poytaxti yaqinidagi harbiy ob’ektlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar uchun zaif ekanligini ko‘rsatadi.

Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles ham Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali "Storm Shadow" raketalarini otishiga ruxsat berilishi kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!