Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

O‘zbekistondan 600 nafar haydovchini Latviyaga ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 10—17 iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik Kreiss kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi va Kreiss va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o‘rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Vatanparvar” tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o‘tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishi va Yevropa Ittifoqi davlatlarida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!