Latviya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy etmoqchi

Latviya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy etmoqchi

Latviya 2028 yildan boshlab ayollarni harbiy xizmatga chaqirishni boshlashi mumkin. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi mudofaa vaziri Andris Spruds ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Albatta, bu bugun yoki ertaga bo‘lmaydi”, – dedi Mudofaa vazirligi rahbari ayollar uchun harbiy xizmatni joriy etish rejasini sharhlar ekan.

Spruds 2028 yil "optimal" bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2028 yilga borib hukumat harbiy xizmatga chaqiriluvchilar sonini yiliga 4000 nafarga yetkazmoqchi. Ungacha hukumat bir qator tayyorgarlik ishlarini olib borishi va bu borada siyosiy munozaralar o‘tkazishi kerak. Shundan so‘ng harbiy xizmatga boradigan ayollar uchun zarur kiyim-kechak, jihozlar, zaxiralar yaratish zarur bo‘ladi. Latviya milliy qurolli kuchlari uchun buyruqlar chiqarilgan.

Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje ham ayollarni harbiy xizmatga chaqirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, “majburiy” so‘zi yoqimsiz eshitilsa-da, ayollar zimmasida nafaqat imkoniyatlar, balki mas’uliyat ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar uchun majburiy harbiy xizmat “hamma uchun foydalidir”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!