“Lada Vesta” “Mercedes Benz-180”ning orqasidan urdi. Oqibatda...

“Lada Vesta” “Mercedes Benz-180”ning orqasidan urdi. Oqibatda...

G‘allaorol tumani Mulkush qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Toshkent Termiz M-39 yo‘lining 1025- kilometrida yo‘l-ulov hodisasi ro‘y berdi. 

Ya’ni, Surxondaryo viloyati Denov tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi A.SH. boshqaruvidagi “Lada Vesta” piyodalar o‘tish joyida fuqarolarga yo‘l berish uchun to‘xtagan “Mercedes Benz-180”ning orqasidan urgan. 

Oqibatda  “Lada Vesta” yo‘lovchisi Denov tumanining Sobir Rahimov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, uy bekasi M.B. og‘ir tan jarohati olib, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!