Kutilmagan tashrif: Pentagon rahbari yashirin topshiriq bilan Afg‘onistonga uchib ketdi

Kutilmagan tashrif: Pentagon rahbari yashirin topshiriq bilan Afg‘onistonga uchib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kobuldagi mahalliy yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashmoqchi.

OAV xorijiy qo‘shinlarni Islom respublikasidan olib chiqish sanasi tomonlar o‘rtasida muhokama mavzusi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmokda.

AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinda ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida amerikaliklar 1 mayga qadar bu mamlakatdan chiqib ketishlari mumkinligini aytdi, ammo bu borada haligacha qaror qabul qilinmadi.

Baydenning Oq Uydagi salafi Donald Tramp Tolibon bilan AQSh harbiy inshootlariga hujumlarini to‘xtatish evaziga toliblar bilan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Shartnoma imzolangandan beri toliblar Amerika tomonini bitimni buzganlikda bir necha bor ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!