Kreml: «Uni nimada ayblashayotganini bilmaymiz»

A A A
Kreml: «Uni nimada ayblashayotganini bilmaymiz»

Rossiyaning Parijdagi elchixonasi Durov bilan ko‘rishishni talab qilgan, biroq fransuz rasmiylaridan hech qanday javob olmagan va «Fransuz tomoni hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda» deya ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Fransiya hukumatini konsullikning kirishiga ruxsat berishga chaqirishgan.

«Yagona muammo shundaki, Durovning ham Fransiya fuqaroligi bor”, — dedi Zaxarova - »Shunga ko‘ra, Fransiya uni, birinchi navbatda, o‘z fuqarosi sifatida ko‘radi”.

Dushanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga «Biz Durov nimada ayblanayotganini aniq bilmaymiz. Bu borada hech qanday rasmiy bayonot eshitmadik», dedi.

“Biror narsa deyishdan oldin, vaziyat aniqroq bo‘lishini kutish kerak... Busiz izoh berish o‘rinsiz bo‘lar edi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!