Koronavirusga chalinmaslik uchun eng zarur tavsiyalar

Koronavirusga chalinmaslik uchun eng zarur tavsiyalar

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokor Ilya Akinfiyev ta’kidlashicha, immunitetni oshiradigan yoki qo‘llab-quvvatlaydigan dorilar faqat kasallikni davolash uchun qo‘llaniladi, dorixonalarda ORVI profiklaktikasi uchun sotilayotgan preparatlar esa – ko‘pincha oddiy marketing.    

O‘zini izolyasiya qilish vaqtida immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun xonani muntazam shamollatish zarur. Shuningdek, sog‘lom uyqu, qulay karavot va matras, va to‘g‘ri yorug‘lik bo‘lishi kerak.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim: meva va savzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak. Shuningdek, jismoniy faollikka rioya qilish kerak, uzoq vaqt divanda uzoq vaqt o‘tishi yoki to‘shakda uzoq vaqt yotishdan saqlanish kerak. Bu surunkali kasalliklarni kuchaytirishi va immunitetni yomonlashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” (samo izolyasiya) hayot tarzi joriy etildi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!