Koronavirus Kim Chen Inni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi

Koronavirus Kim Chen Inni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi

Dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri bo‘lgan Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi tufayli kuchli iqtisodiy inqirozga uchradi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Daily NK yangiliklar agentligi va Fitch reyting agentligiga ko‘ra, Pxenyan 17 yil ichida birinchi marta obligasiyalar chiqarishga tayyorlanmoqda. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In og‘ir ahvoldan chiqish uchun badavlat mahalliy elitadan obligasiyalar sotib olishni talab qilmoqda va shu tariqa mamlakat byudjetining 60 foizini moliyalashtirish uchun xorijiy valyuta jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Finansial Times ekspertlarga tayanib. Amerikaning Tashqi siyosiy tadqiqot instituti xodimi Benjamin Silbershteynning so‘zlariga ko‘ra, hukumat obligasiyalar sotib olishni rejimga sodiqlikning namoyishi sifatida baholaydi.

"Bu [obligasiya chiqarilishi] sanksiyalar va virus tufayli juda katta moliyaviy muammolarga duch kelinayotganining birinchi haqiqiy belgisidir", dedi Vena universitetining Shimoliy Koreyadan eksperti Piter Uard. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday obligasiyalar egalariga qarz mablag‘larini qaytarish kafolati yo‘q.

Fitch reyting agentligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti 2020 yilda 6 foizga pasayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!