Koronavirus: Fransiyaning bugungi ahvoli qanday?

Koronavirus: Fransiyaning bugungi ahvoli qanday?

Fransiyada bir kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qariyb to‘rt mingga oshdi va bugungi kunda 29155 nafarni tashkil etdi, dedi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon.

Bu paytga qadar 25 233 kishi virusga chalingan bo‘lib, 1331 kishi vafot etgandi.

"Bugungi kunda bizda 29155 tasdiqlangan kasallik holati mavjud ... O‘lganlar soni 1669 tani tashkil etdi", dedi u.

Salomonga ko‘ra, Fransiya kasalxonalarida 13 904 nafar bemor muolaja olmoqda, 3375 nafar bemor esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!