Koronavirus, aslida, yo‘q narsami? Mutaxassis javob berdi

Koronavirus, aslida, yo‘q narsami? Mutaxassis javob berdi

Rossiya Fanlar akademiyasining professori Kirill Zikov koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi. "Parlament" gazetasi mutaxassis bilan intervyuni e’lon qildi.

Zikov koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, davolanish usulida eng muhim narsa haddan oshmaslik ekanligini ta’kidladi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ba’zi odamlar hali ham koronavirus mavjud emasligiga ishonishadi. Shuningdek, koronavirusga chalinganlar baribir omon qoladi, degan fikrga ishonib, ortiqcha ehtiyotsizlikka berilayotganlar bor. Professor ikkala nuqtai nazarni noto‘g‘ri deb baholadi.

Zikov, shuningdek, o‘z sog‘lig‘iga beparvolik bilan munosabatda bo‘lishdan, shuningdek o‘z-o‘zini resept bo‘yicha buyuriladigan dori-darmonlar bilan davolashdan ogohlantirgan. U bemorga dorini uni batafsil tekshirgandan keyin faqat shifokor buyurishi mumkinligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!