Kitob tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bir insonning o‘limiga sabab bo‘ldi

Kitob tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bir insonning o‘limiga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 27 mart kuni soat 19:00 lar atrofida Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida fuqaro J.T. boshqaruvida  davlat raqami 70 G 445 NA bo‘lgan «Neksiya 3» avtomashinasini Toshkent-Kitob yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib,  ro‘l boshqaruvini yo‘qotadi hamda ag‘darilib ketib, YTHni sodir etadi. 

Natijada haydovchi J.T «bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi» bilan tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi, ammo shifokorlarning tezkor sa’y-harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari tufayli olamdan ko‘z yumadi. 

Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

Dastlabki surishtiruv xulosalariga ko‘ra, ushbu yo‘lning havfli burilish qismida marhum avtomobilda yuqori tezlikda harakatlangan va natijada boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning chap tomoniga ag‘darilib ketgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!