Kir Starmer va Shols Rossiyada qurol ishlatish borasida yangi qarorlar qabul qilinmaganini ma’lum qildi — The Telegraph

Kir Starmer va Shols Rossiyada qurol ishlatish borasida yangi qarorlar qabul qilinmaganini ma’lum qildi — The Telegraph

Berlinga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Olaf Shols ishtirokidagi matbuot anjumanida "AQShning e’tirozlari Storm Shadow raketalarini Rossiya hududlaridagi nishonlarga qarshi qo‘llashga to‘sqinlik qildimi?", degan savolga javob berildi.

Starmer bosh vazirligining dastlabki kunlarida, iyul oyining boshida, Britaniya Storm Shadow'dan bunday foydalanishlariga qarshi emasligini aytgan edi.

Starmer taktik masalalar bo‘yicha chuqurlashmasligini, ammo uning hukumati bu borada yangi qarorlar qabul qilmaganini ta’kidladi.

Germaniya kansleri Olaf Shols ham xuddi shu savolga javob berar ekan, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, shu bilan birga yangi qarorlar ham qabul qilmaganini aytdi.

Ukraina uzoq vaqtdan beri Germaniyadan Storm Shadow'dan uzoqroq masofaga uchadigan Taurus qanotli raketalarini so‘rab keladi, ammo Berlin buni rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!