Kim bir qarich yerni zulm bilan egallasa...

Kim bir qarich yerni zulm bilan egallasa...

Umaviylar davrida  Rosululloh sollallohu a’layhi vasallamning ulug‘ sahobiylaridan, asharai mubashsharalardan biri, Said ibn Zayd bilan Madina ahli uni uzoq vaqt gapirib yuradigan hodisa sodir bo‘ldi. Arvo binti Uvays Said ibn Zayd uning yerini bir qismini bosib olib o‘zining yeriga qo‘shib oldi deb da’vo qildi. Ayol gapini musulmonlar orasida tinmay qaytarar va hammaga aytib berar edi. So‘ngra ishini Madinai munavvara voliysi Marvon ibn Hakamga olib chiqdi. Marvon bu haqida gaplashish uchun Said ibn Zaydning oldiga bir qancha odamlarni yubordi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sohobasiga bu ish juda og‘ir botdi va ularga shunday dedi: “Meni u ayolga zulm qilayapdi deb o‘ylayapsizlarmi !! Qanday qilib unga zulm qilaman ?! Axir men Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim bir qarich yerni zulm bilan egallasa, qiyomat kuni bo‘yniga yetti qavat yer tavqi la’nat qilib osiladi” deganlarini eshitganman. Ey Alloh u ayol meni unga zulm qildi deb da’vo qilayapdi. Agar yolg‘onchi bo‘lsa uning ko‘zini ko‘r qilgin va uni men bilan talashayotgan yerdagi qudug‘iga uloqtirgin. Men unga zulm qilmaganimni musulmonlarga bayon qiladigan hujjatni zohir qilgin”.

     Oradan ko‘p o‘tmay Madinaning Aqiq vodiysida oldin uning misli kuzatilmagan kuchli sel oqdi. Sel ikkalasi ixtilof qilayotgan chegarani ochib tashladi. Shunda barcha musulmonlarga Said ibn Zaydni rostgo‘y ekanligi ravshan bo‘ldi. Shundan keyin bir oy o‘tmasdan ayol ko‘r bo‘lib qoldi va o‘sha yerini aylanib yurganida qudig‘iga yiqildi. Abdulloh ibn Umar aytadi: Biz yoshligimizda bir inson boshqasi bilan urishib qolsa: “Alloh seni Arvoni ko‘r qilganidek ko‘r qilsin” deganini eshitar edik.

     Buni hech ajablanarli joyi ham yo‘q. Chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mazlumning duosidan saqlaning, chunki u bilan Allohning o‘rtasida parda yo‘q” der edilar. Agar bu mazlum tirikligida jannat bashoratini olgan o‘nta sahobiydan biri Said ibn Zayd bo‘lsachi ?! 

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!