Kiyev iltimos qilishga majbur bo‘ldi: Rossiyaning o‘ta og‘ir hujumlaridan so‘ng, Ukraina va NATO rasmiylari uchrashadi

Kiyev iltimos qilishga majbur bo‘ldi: Rossiyaning o‘ta og‘ir hujumlaridan so‘ng, Ukraina va NATO rasmiylari uchrashadi

NATO va Ukraina rasmiylari Rossiya havo hujumlari to‘lqinidan keyin uchrashadigan bo‘ldi.

NATO matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni Rossiyaning urushdan jabr ko‘rgan mamlakat bo‘ylab shiddatli zarbalaridan keyin NATO va Ukraina rasmiylari Kiyev iltimosiga binoan uchrashadi.

Rossiya dushanba va seshanba kunlari Ukrainani dron hujumi va raketalar to‘lqinini bilan o‘qqa tutdi, natijada kamida 11 kishi halok bo‘ldi va mamlakatning allaqachon zaiflashgan elektr tarmog‘i ishdan chiqdi.

Ukrainaga qilingan havo hujumlari eng yiriklaridan biri bo‘lib, Ukrainaning 15 ta hududi jami 236 ta raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan nishonga olingan, Kiyev shundan 201 tasini urib tushirganini da’vo qilgan.

Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov «video aloqa orqali ittifoqchilarni jang maydonidagi vaziyat va ustuvor qobiliyat ehtiyojlari haqida xabardor qilishi kutilmoqda», dedi NATO matbuot kotibi.

Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini yaxshilashga bo‘lgan keskin ehtiyoji uchrashuv davomida muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biri bo‘ladi, dedi diplomatik manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!