Keyt Middlton qirollik oilasining eng dangasa a’zosi deb topildi

Keyt Middlton qirollik oilasining eng dangasa a’zosi deb topildi

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton qirollik oilasining eng dangasa a’zosi deb topildi, deb xabar berdi “Daily Express”.

Ma’lum qilinishicha, reyting qirollik oilasining har bir a’zosi ishtirok etgan rasmiy tadbirlar soniga qarab tuzilgan. “SavoyStewart.co.uk” hisob-kitoblariga ko‘ra, Keyt Middlton faqat 79 marta jamoatchilik oldida chiqish qilgan.

Birinchi o‘rinni 148 ta tadbirda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan Yelizaveta II ning qizi malika Anna egallagan.

Ikkinchi o‘rinda 146 ta tadbirda qatnashgan shahzoda Charlz qayd etilgan.

Qirolicha esa uchinchi o‘rinni egallagan. O‘tgan yili u jamoatchilik oldida 136 marta chiqish qilgan.

Qayd etilishicha, bu Kembrij gersoginyasi eng dangasa deb tan olingan birinchi yil emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Keyt atigi 39 ta tadbirda qatnashgan, 2018 yilda 87 marta jamoatchilik oldida paydo bo‘lgan. Faqatgina 2019 yil istisno bo‘lgan, o‘shanda shahzoda Uilyamning rafiqasi 126 tadbirda ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!