Kepaga jamoa topildi

A A A
Kepaga jamoa topildi

Ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaga «Bornmut» futbolchisiga aylanadi.

Klub «Chelsi»ga tegishli 29 yoshli posbonni sotib olish huquqisiz bir mavsumga ijaraga oladi. Ispaniyalik darvozabon ijaraga ketishdan avval «Chelsi» bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kepa o‘tgan mavsumni «Real»da ijarada o‘tkazib, La Liga va YECHLda g‘olib bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!