Kelgusida texnikumlar bitiruvchilari kirish imtihonlarisiz OTMlarga qabul qilinadi

Kelgusida texnikumlar bitiruvchilari kirish imtihonlarisiz OTMlarga qabul qilinadi

Kelgusida texnikumlar bitiruvchilari kirish imtihonlarisiz OTMlarga qabul qilinadi. «Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020 y.)da bu haqda belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi;

— Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o‘rniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, mazkur qarorga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xo‘jaligi OTMlarining mos bakalavriat yo‘nalishlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek:

— 2020/2021 yil o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika OTMlarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun «O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini innovasion rivojlantirish va uni raqamli transformasiyalash» loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etiladi;

Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari masalalari hamda professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etiladi;

Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi (xorijiy tillar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bundan mustasno).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!