Kattaqo‘rg‘on hokimiyat binosi tomi qulashi natijasida jarohatlangan fuqaroning ahvoli ma’lum qilindi

Kattaqo‘rg‘on hokimiyat binosi tomi qulashi natijasida jarohatlangan fuqaroning ahvoli ma’lum qilindi

Tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyevning ahvoli og‘ir.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiyat binosining tom qismi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyevning ahvoli og‘ir. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi reanimasiya bo‘limi mudiri H. Boymurodov «Zamon» informasion dasturiga ma’lum qilgan.

«Bemor kasalxonaga yengil koma holatida, bosh miya ochiq jarohati bilan keltirilgan. Barcha mutaxassislar tomonidan ko‘riklardan o‘tkazilgan. Hozirgi kunda uning umumiy ahvoli og‘irligicha qolmoqda», – dedi H. Boymurodov.

Bemorning otasi SH. Fayziyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li kadastr xizmatiga murojaat qilish maqsadida hokimiyatga borgan.

Bundan avval, 15 oktyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiyat binosining tom qismi yerga qulab, bir kishi vafot etgani, yana bir kishi jarohatlangani haqida xabar qilgan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!