Kaliforniyaga tarixdagi eng kuchli zilzila xavf solayotgani ma’lum qilindi

Kaliforniyaga tarixdagi eng kuchli zilzila xavf solayotgani ma’lum qilindi

Massachusets universiteti olimlari Kaliforniyadagi San-Andreas yorig‘i bo‘ylab bir necha oydan beri minglab yer osti mikrosilkinishlari bo‘layotganini aniqlashdi. Bu silkinishlarning kelib chiqishi tabiati na seysmologlar, na boshqa olimlarga ma’lum. 
Yuqori seysmik faollikda uzoq vaqt noodatiy holat kuzatilmagan, biroq San-Bernardino vodiysida qayd qilingan “vertikal” yer silkinishlari avval hech qachon qayd qilinmagan.

Tinch okeani va Shimoliy Amerika litosfera plitalari o‘rtasidagi San-Andreas yorig‘i uzunligi 1300 kmni tashkil qiladi. Yoriq butun Kaliforniya bo‘ylab cho‘zilib ketgan va 2 marta yirik zilzilaga olib kelgan. Olimlarning aytishicha, plitalarning siljishi yoki fanga ma’lum bo‘lmagan, ancha chuqurroqdagi jarayonlar 8 va undan ko‘proq magnitudali zilzila keltirib chiqarishi mumkin.

Kaliforniyada San-Andreas yorig‘idan tashqari, “tektonik bomba” – Bay Area deb ataluvchi markaziy hududlar bo‘ylab o‘tuvchi Xeyvord yorig‘i aniqlangan. Bay Area sohilbo‘yi hududi bo‘lib, uning ichiga San-Fransisko ham kiradi. Superzilzila yuz bersa, Los-Anjeles ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!