Jizzaxda qizining boshiga tosh bilan urgan ayol fojiali o‘lim topdi

Jizzaxda qizining boshiga tosh bilan urgan ayol fojiali o‘lim topdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Guliston qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan SH.R. sobiq rafiqasi, 1990 yilda tug‘ilgan G.R. turar joyi darvozaxonasida 2010 yilda tug‘ilgan qizi D.I.ning boshiga tosh bilan urayotganligini ko‘rib qoldi. Shunda erkak “Nega qizimning boshiga tosh bilan urayapsan”, deganida ayol qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan sobiq eriga tashlanadi.

O‘z navbatida SH.R. o‘zini himoya qilib, shu yerda yotgan tosh bo‘lagi bilan ayolning boshiga bir marta tushirgan. Olingan jarohatdan ayol voqea joyida vafot etadi. O‘limga bosh miya yopiq jarohati hamda bosh miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan.

Xuddi shunday, marhuma tomonidan jarohat yetkazilgan qiz shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, vafot etgan ayol 2019 yilda sobiq erini uyida pichoqlagan. O‘shanda voqea erkakning uzoq vaqt shifoxonada davolanishi va oilaning buzilishi bilan nihoyalangandi.     


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!