Jizzaxda qadimgi yodgorlik maydoni uy-joy qurish uchun tadbirkorga berilgani ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda qadimgi yodgorlik maydoni uy-joy qurish uchun tadbirkorga berilgani ma’lum bo‘ldi

Jizzax haqiqati gazetasining 42-sonidagi “Qaliya tepaning qadri yo‘qmi?” mavzusidagi tanqidiy maqolaga Jizzax viloyat madaniy meros boshqarmasi munosabat bildirdi.

"Qaliya tepa (Jizzax shahristoni) - Mil. avv. IV- XII – mil XV-XVI asrlarga taalluqli bo‘lib, “Qaliya” MFY, Bunyodkor mahallasi, “B-sanoat” hududida joylashgan. Qaliya tepaning shimoli-g‘arbida Jizzax shaxar hokimining 2009 yil 13 dekabrdagi “Shaharning “B-sanoat” hududidan fuqaroga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun yer maydon ajratish to‘g‘risida”gi 1647-sonli qarori asosida 0.24 ga yer maydoni uy-joy qurilishi uchun ajratib berilganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda Qaliya tepadan 10 metr uzoqlikda - muhofaza hududida balandligi 3 metr bo‘lgan devor tiklangan.

Fuqaro Isayev Akbarga 2019 yil 12 sentyabrda Jizzax viloyati Madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan qurilish ishlarini to‘xtatish to‘g‘risida og‘zaki, 2019 yil 15 oktyabrda yozma ravishda ogohlantirish berilgan.

Qaliya tepa raboti - Hojimurod tepa (Komil tepa) - V-VIII asrlarga ta’lluqli bo‘lib, Yoshlik mahallasi hududida joylashgan. Muxofaza xududidan Jizzax shahar hokimining 10.06.2016 yilda 906-son qarori bilan fuqaro Egamova Klaraga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi qurilishi uchun 108.0 m.kv. yer maydoni ajratilgan.

Fuqaro Mustafoqulov Maratga boshqarmaning 13.09.2019 yildagi 08-son arxeologik ob’ektning saqlanishi tartib-qoidalariga rioya qilish yuzasidan ogoxlantirish xati berilgan.

Jizzax viloyat madaniy meros boshqarmasi faoliyati davomida 10 dan ortiq yuqoridagi holatlar aniqlangan. Bunday holatlarga shahar va tuman hokimliklari tomonidan chiqarilgan qarorlar sabab bo‘lgan. Madaniy meros qonunchiligiga amal qilish yuzasidan tegishli vakolatli organlarga, jumladan, shahar va tuman hokimliklariga, viloyat va tuman kadastr bo‘limlariga xat bilan murojaat qilingan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratishda tegishli mutasaddi tashkilotlarga madaniy meros qonunchiligida quyidagilarni inobatga olish vazifasi yuklatilgan:

Jizzax viloyati hokimligining 2004 yil 27-yanvardagi “Viloyat hududidagi tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarning Davlat muhofazasini ta’minlash to‘g‘risida”gi 27-sonli qarori bilan madaniy meros ob’ektlari muhofaza hududi 50 metr etib belgilanganligiga;

Shaharsozlik normalari va qoidalarining 12-bo‘limida Madaniy meros ob’ektlaridan transport va muhandislik kommunikasiyalarigacha masofalar kamida tekis relyefda - 50 metr bo‘lishi lozimligi belgilab qo‘yilganligiga;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli qarorining 9-ilovasi 2-bob 4-§ da Respublika ahamiyatidagi ob’ekt arxeologiya yodgorliklarining rejalashtirilgan chegarasidan 100 metrgacha bo‘lgan hududda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari talablari (kapital qurilish hamda bino va inshootlarning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish) maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!