Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlandi, xotin vafot etdi

Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlandi, xotin vafot etdi

Joriy yilning 27 dekabr kuni Jizzax shahar Oqqo‘rg‘onlik mahallasida bir kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, mahallada yashovchi Q.E. uyida yoqilgan isitish pechining mo‘risi g‘isht bilan yopib qo‘yilganligi sababli undan chiqqan gaz isidan o‘zi va birga yashagan turmush o‘rtog‘i zaharlangan.

Natijada uning turmush o‘rtog‘i B.E. voqea joyida vafot etgan. O‘zi esa zaharlanganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!