Jizzax viloyatida avtobus 28 nafar yo‘lovchi bilan YTX ga uchradi

Jizzax viloyatida avtobus 28 nafar yo‘lovchi bilan YTX ga uchradi

Boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qoldi.
Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida 11 oktyabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo‘lovchilari bilan “Jizzax-Do‘stlik-Gagarin” yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda qolgan 16 nafar yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Manba: asr. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!