Jizzax» EIZda Xitoy kompaniyasi shisha zavodini qurmoqda

Jizzax» EIZda Xitoy kompaniyasi shisha zavodini qurmoqda

«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida Xitoy kompaniyasi ishtirokida shisha zavodi qurilmoqda, deb yozadi Spot.

Zavod qurilishining birinchi bosqichi shu yilning may oyida yakunlandi. Korxona 2019 yilda to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 110 million dollarga teng. Birinchi bosqichda taxminan 30 million dollar hajmidagi investisiyalar o‘zlashtirildi.

Jizzax shisha zavodi Markaziy Osiyodagi eng yirik listlangan shisha ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisiga aylanishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!