“Jetour X70 Plus” jarima maydonidan joy oldi

“Jetour X70 Plus” jarima maydonidan joy oldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudida da’vogar CHEKI “Hamkorbank” ATBning da’voni ta’minlash haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, da’vogar CHEKI “Hamkorbank” ATB va javobgar J.M. o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lib, mazkur kreditning ta’minoti sifatida javobgar J.M.ga tegishli “Jetour X70 Plus” rusumli avtotransport vositasi garovga qo‘yilgan. Shu sababli, da’vogar bank sudga garovdagi mulk bo‘yicha da’voni ta’minlashni so‘rab chiqqan.

Sud ajrimiga ko‘ra, javobgar J.M.ga tegishli “Jetour X70 Plus” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan da’voni ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga asosan Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Jetour X70 Plus” avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi hamda kredit qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lashi yuzasidan qarzdorga tushuntirishlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!