Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda 60 dan ko‘proq davlat ishitrok etadi

Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda 60 dan ko‘proq davlat ishitrok etadi

Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha vazirlar darajasida o‘tadigan anjumanda 60 dan ko‘proq davlat ishtirok etadi. Anjuman noyabr oxirida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.  

“Noyabr oxirida o‘tadigan anjuman Afg‘oniston hukumatiga davlatni tinchlik va farovonlikka olib keladigan muhim islohotlarni amalga oshirishda erishgan taraqqiyoti bo‘yicha hisobot berishga imkon beradi”, deyilgan xabarda.  

Anjumanda 60 dan ko‘proq davlatning ishtirok etishi xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi uzoq yillik ixtilofni batamom to‘xtatishdagi qat’iyligining kuchli ishorasi bo‘ladi.  

Avvalroq BMT shiori ostidagi anjuman 27-28 noyabrda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, anjumanda Kobulni Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohidddin Rabboniy, moliya vaziri Muhammad Qayumiy, mamlakatning oliy ijrochi shaxsi Abdulloh Abdulloh, Afg‘oniston prezidentining bir necha maslahatchisi va Afg‘oniston ekspert hamjamiyati vakillari taqdim qiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!