JCH-2018. Avstraliya Daniya bilan durang o‘ynadi. Yedinak yana qutqaruvchi rolida

JCH-2018. Avstraliya Daniya bilan durang o‘ynadi. Yedinak yana qutqaruvchi rolida

JCH-2018 2-turi doirasidagi «S» guruhidan o‘rin olgan Daniya hamda Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi.

Qiziqarli tarzda kechgan bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlab, bir ochkodan bo‘lishib olishdi.

Evropaliklar tezkor gol bilan hisobni ochishgan edi. Aniqrog‘i, 7-daqiqada Kristian Erikson chap oyog‘da yo‘llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytara olmadi.

38-daqiqada Yedinak penaltidan hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng jamoalar har qancha urunishmasin boshqa gol urish hech kimga nasib etmadi.

JCH-2018. 2-TUR

«S» GURUHI

DANIYa – AVSTRALIYa - 1:1 (1:1)

21 iyun, «Samara-Arena»

Gollar: 1:0 – 7 Eriksen, 1:1 – 38, penalti Yedinak.

Daniya: Shmeyxel, Kyer, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Shene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).

Avstraliya: Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogich (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yurich, 75).

Ogohlantirishlar: Poulsen (37), Sisto (84).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!