Jazirama issiq tufayli Meksikada maymunlar nobud bo‘lmoqda

Jazirama issiq tufayli Meksikada maymunlar nobud bo‘lmoqda

Meksika janubi-sharqida jazirama issiq tufayli 146 ta maymun nobud bo‘ldi. Bu haqda Markaziy Amerika manbalariga tayanib, Anadolu nashri xabar berdi.

Meksikada jazirama oqibatida maymunlar o‘limi bilan bog‘liq holat may oyi boshidan kuzatila boshlangan. O‘lim holatlari asosan yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Saraguatos maymunlari ichida kuzatilgan.

Holat asosan Tabasko va Chiapas shtatlarida yuz bergan. Ekologlar va mahalliy aholi vakillari primatlar turining yuqori harorat va suvsizlanish tufayli daraxtlardan yiqilib o‘layotganini xabar qilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi 20 may kuni 80 ta maymunning o‘limi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Biroq shu kungacha hech bir hukumat organi o‘lgan maymunlar soni haqida rasmiy ma’lumot taqdim etmagan.

Tabasko shtatida tug‘ilgan Meksika prezident Andres Manuel Lopez Obrador ichki ishlar sekretariga halok bo‘layotgan turni saqlab qolish bo‘yicha choralar ko‘rishni buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!