Jarimalarni to‘lamagan xorijiy yuk avtomobillari chegaradan chiqarilmaydi

Jarimalarni to‘lamagan xorijiy yuk avtomobillari chegaradan chiqarilmaydi

Xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillari va avtobuslar Rossiya hududida yozilgan jarimalarni to‘liq qoplamagunicha – chegaradan chiqarilmaydi.

Rossiya da bugun 7 iyundan boshlab “Xalqaro yuk tashuvlari borasida davlat nazorati va uning tartibini buzish uchun javobgarlik to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.

Xorijiy yuk tashuvchiga tegishli bo‘lgan transport vositasi, chegarani kesib o‘tish vaqtida, ushbu transport tomonidan Rossiya ichida YHX sohasida qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlansa, ushbu transport vositasi belgilangan ma’muriy jazo bajarilganidan so‘ng Rossiya hududini tark etishi mumkin bo‘ladi, - deyilgan ushbu qonunda.

Agar yuk tashuvchi jarimani bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida to‘lashga ulgurmasa, transport vositasi bojxona nazorat punktidan boshqa joyiga olib borib qo‘yiladi.

Aynan shunday choralar Rossiya hududiga kirishda ham qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!