Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘ini boshlandi

Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘ini boshlandi

Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy qismida keng miqyosli o‘rmon yong‘ini boshlandi.

Alanga Andong va Yechon shaharlari yaqinidagi 255 gektar o‘rmonni yo‘q qildi. Ikki mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va o‘nlab maxsus texnika yong‘in bilan kurashmoqda. Kuchli shamol tufayli yong‘in tez tarqalmoqda. Mahalliy ma’muriyatning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqish sababi, aholi tomonidan chiqindini yoqishdir.

Hozircha aholi punktlari xavf ostida emas. Shu tufayli evakuvasiya amalga oshirilmagan. Qurbonlar hamda jabirlanganlar haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!