Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti markazlarini quradi

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti markazlarini quradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Toshkent va boshqa viloyatlarda gaz iste’molini 70 foizgacha tejash imkonini beruvchi issiqlik ta’minoti markazlarini qurmoqchi. Bu haqida Rost24 nashri yozdi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston shahar isitish tizimlaridan foydalanish bo‘yicha Koreya tajribasini qo‘llashni rejalashtirayapti.

«Ushbu yo‘nalishda Janubiy Koreyaning tegishli vazirliklari va davlat kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaymiz, barcha zarur o‘rganish va hisob-kitoblarni amalga oshiramiz hamda ushbu ishlarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha yaqin kelajakda taklif kiritamiz. Ushbu dastur 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan. Biz nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham bu borada takliflar tayyorlaymiz», – deydi Energetika vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!