Italiyada kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi

Italiyada kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi


Italiyada kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan sel va ko‘chkilar tufayli ikki kishi bedarak yo‘qoldi.

Mamlakatning shimoliy va markaziy viloyatlarida ikki kundan buyon kuchli yog‘ingarchilik to‘xtamayapti, bir qator janubiy viloyatlarda yog‘ingarchiliklar natijasida sel va suv toshqinlari yuzaga keldi.

Italiyaning ANSA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kampaniya mintaqasidagi San Felice a Cancello chekkasidagi Talaniko qishlog‘ida ko‘chki oqibatida ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Yo‘qolganlardan biri keksa ayol. Yo‘qolganlarni qidirishga o‘t o‘chiruvchilar va xavfsizlik kuchlari jalb qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda Kampaniya hududidagi uylar va idoralar suv ostida qolganini ko‘rish mumkin. Ko‘plab haydovchilar yo‘lda qolib ketishgan, ko‘chkilar kuzatilgan.

Avvelino shahrida o‘t o‘chiruvchilar ko‘tarilgan suv ostida qolgan 12 yoshli qizni qutqarib qolishdi. Shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar bir necha uy aholisini evakuasiya qilishgan.

Bir kun avval Italiya hukumati qoshidagi Fuqaro muhofazasi departamenti 10 provinsiya uchun tabiiy ofatlar xavfi haqida ogohlantirgan edi.

Dushanba kuni Milandagi Malpensa aeroportining ba’zi terminallarida suv toshqini haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 27 ga yaqin reys boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!