Istanbulda yana bir muzey masjidga aylantirildi

Istanbulda yana bir muzey masjidga aylantirildi

Istanbulning Fotih tumanida joylashgan, tarixi VI asrga borib taqaluvchi Kariye (Xora) muzeyini Turkiya Din ishlari boshqamasi tasarrufiga o‘tkazish va masjid sifatida ochish haqida prezident qarori qabul qilindi. 

Mazkur obidani masjiddan muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qaror 1945 yilda qabul qilingan va 2019 yilning 11 noyabrida Davlat Kengashi tomonidan bekor etilgan edi. Kengash qarorida davlat vaqflarni muhofaza qilishi mumkinligi, biroq ularga aralasha olmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

534 yilda monastir sifatida barpo etilgan, Vizantiya me’morchiligi namunasi hisoblanuvchi ushbu bino usmoniylar hukmronligi davrida – 1511 yilda masjidga aylantirilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidentining joriy yil 10 iyuldagi qarori bilan Istanbul fathining timsoli bo‘lmish “Avliyo Sofiya” ham muzeydan masjidga aylantirildi. Bu yerda 86 yildan keyin ilk bor juma namozi 24 iyulda o‘qildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!