Isroil Madrimov va Terens Krouford jangi rasman tasdiqlandi

Isroil Madrimov va Terens Krouford jangi rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangini vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschilardan biri Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bu haqida bugun AQShda o‘tkazilgan matbuot anjumanida rasman e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi hisoblanadi.

Terens Krouford esa hozirgi kunda yarimo‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari egasi.

Bahs ayni paytda Isroilda bo‘lib turgan WBA kamari, shuningdek WBOning vaqtinchalik kamari uchun o‘tkaziladi.

Jang 3 avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahrida tashkil etiladi.

Bokschilar bugun AQShda matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Unda dastlabki face-to-face ham tashkil etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!