Isroil Eronni «ekologik terrorizmda» aybladi

Isroil Eronni «ekologik terrorizmda» aybladi

3 mart kuni Isroil Eronni “ekologik terrorizm” ni amalga oshirayotganlikda aybladi. O‘tgan oyda Isroilning O‘rta Yor Dengizi sohiliga Liviya bayrog‘i ostidagi kemadan neft to‘kilgandi. Isroil ushbu kema Erondan kelayotgan bo‘lganini da’vo qilmoqda.

“Neftning to‘kilishiga Liviya bayrog‘i ostidagi qaroqchi kema javobgar. Ushbu kema Erondan yo‘lga chiqqan. Eron atrof-muhitga zarar yetkazish orqali terrorizmni amalga oshirmoqda» deb yozdi Isroil atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Gila Gamliyel Tvitterda.

Gamiyel neftning dengizga to‘kilishini «nafaqat ekologik jinoyat, balki ekologik terrorizm» ekanini alohida ta’kidlagan. Uning aytishicha, mazkur kema Isroilning suv hududiga kirib, ataylab atrof-muhitni ifloslantirgan.

Fevralda yuz bergan ushbu hodisadan keyin Isroilning G‘azo sohilidan Livangacha bo‘lgan 160 kilometr joy ifloslangan. Isroil ushbu neft to‘kilish holatini yaqin tarixdagi eng yomon ekologik ofatlardan biri, deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!