Ispaniyada ketma-ket zilzilalar sodir bo‘ldi

Ispaniyada ketma-ket zilzilalar sodir bo‘ldi

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches mamlakatda bir qator zilzilalar sodir bo‘lganligini aytdi. Bu haqda u o‘zining tvitterida yozgan.

Unga ko‘ra, zilzilalar seshanba kuni kechqurun Granada shahri yaqinida qayd etilgan. Sanches aholini xotirjam bo‘lishga va rasmiylarning ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirdi.

Evropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi o‘z navbatida zilzila markazi Granadadan 11 kilometr uzoqlikda joylashganligini ta’kidlamoqda. Zilzilalarning kuchi to‘rt ball yoki undan yuqori bo‘lgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!