Ispaniyada Islom: tarix va bugun

Ispaniyada Islom: tarix va bugun

Musulmonlar Ispaniyaga 700 hijriy yilda kirib borishgan. Islom ispan tamadduni ravnaqida muhim o‘rin tutgan. Arab tili esa butun Yevropa tillari, ayniqsa, ispan tili rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.

Ispaniyaning janubiy qis­mini nazorat qilgan mavrlar Andalusiya davlatiga asos soladi. Ushbu davlat VII asrdan XV asrgacha gullab-yashnadi. Bu yerda, ayniqsa, ilm-fan, san’at va tijorat barq urib rivojlandi. X asrda mazkur davlatning yirik shahri Qur­tubada 500 ming musulmon istiqomat qilgan (o‘sha kezlar Parij aholisi 38 ming kishi edi). Andalusiyada o‘nlab kutubxonalar faoliyat yuritgan.

Umaviylar sulolasi vakili Abdurahmon I 700 yilning o‘rtalarida Ispaniyaga keladi. Andalusiya (“Varvarlar yeri”) – Ispaniyaning musulmonlar yashaydigan kat­ta qismi, Pireney yarim orol­lariga birinchi xalifa bo‘­ladi. Shuningdek, u umaviy­larning Andalusiyada uch yuz yil­dan ortiq hukmdorlik qil­­gan sulolasini boshlab be­radi. Dastlab An­­dalu­siya Yevropaning boshqa davlatlari kabi qarovsiz joy edi. Biroq ikki yuz yil davomida musulmonlar u joyni madaniyat, san’at va savdo markaziga aylantirdi.

To‘qqizinchi asrda musulmon Ispaniyasi poytaxti Qur­­tu­ba bilan Yevropaning chi­na­kam javohiriga aylandi. Ayniqsa, Abdurrahmon III dav­ri Andalusiyaning oltin asri bo‘ldi. Ispaniya janubidagi Qurtuba Yevropaning intellek­tual markaziga aylandi. O‘sha vaqtlarda London kichkina qish­loq edi. Qurtubada esa yarim million aholi yashar, 113 000 ta uy, 700 ta masjid bor edi.

Xonadonlar issiq suv bilan, saroylar favvoralar bilan ta’minlangan, bog‘lar bilan bezalgan edi. G‘arbliklar uchun mo‘’jizadek tuyulgan qog‘oz ham­ma joyda mavjud edi. U yerda kitob do‘­konlari hamda 17 ta kutubxona faoliyat yuritardi. Ispaniyada minglab boshqa dinga mansub oilalar musulmonlar hukm­ronligi ostida ahil-inoq hayot kechirishdi!

1013 yili Qurtubadagi eng katta kutubxona yo‘q qilindi. Biroq Islom an’analariga sodiq qolgan yangi hukmdorlar kitob tarqatishga va olimlarni shaharlarga yuborishga ruxsat berdilar.

Islomning Ispaniyaga qay­tishi XX asrda, 1978 yil yangi konstitusiya qabul qilingani munosabati bilan yuz berdi. 1986 yilda mamlakat parlamenti diniy erkinlik to‘g‘risi­da qonun qabul qildi.

Bugungi kunda Ispaniya aho­li­sining 2 foizi (1,85 mln kishi) musulmon. Ulardan faqat 400 ming kishi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega. Ispaniya musulmonlarining katta qismi ­marokashlik bo‘lib, ular musulmonlarning 71 foizini tashkil qiladi. Ko‘pchiligi ­sunniylar.

Statistik ma’lumotlarga ko‘­ra, Ispaniyada musulmon aho­li hududlarga teng tarqalma­gan. Ko‘plab musulmonlar Anda­lusiya, Katoloniya va Barselo­nada istiqomat qiladi.

Ispaniyadagi yirik musulmon jamoalari – 300 ming kishi – Kataloniyada yashaydi. Mamlakat janubidagi Andalusiyada 120 ming kishi istiqomat qiladi. Madridda esa 80 ming musulmon hayot kechirmoqda.

Ispaniyada 450 atrofida masjid va namozxonalar fao­liyat yuritmoqda. Ulardan 13 ta­si yirik masjidlar va Islom markazlari hisoblanadi.

Ispaniya musulmonlarining 60 foizi muhojirlar va 40 foizi mahalliy aholi vakil­laridir. .

Damin JUMAQUL tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!