Ish vaqtida vafot etgan "elektroset" xodimining oilasiga zarar pullari undirib berildi

Ish vaqtida vafot etgan "elektroset" xodimining oilasiga zarar pullari undirib berildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodim uchun 1 yildan ortiq vaqt davomida to‘lamay kelingan zarar pullari undirib berildi.

Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.Mirboboyev 2023 yil 12 mart kuni elektr uskunalarida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.

Korxona uning oila a’zolariga to‘lanishi lozim bo‘lgan 340 mln so‘m miqdoridagi zarar pullarini 1 yildan ortiq vaqt davomida to‘lamay kelgan. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan ushbu summa marhumning oila a’zolariga korxonadan to‘liq undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!