Kansler Olaf Sholsning O‘zbekistonga kelishdan maqsadi nima?

Kansler Olaf Sholsning O‘zbekistonga kelishdan maqsadi nima?

Germaniya kansleri Qozog‘iston va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

15-17 sentyabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurib, "C5+1” formati, ya’ni besh postsovet respublikasi va Germaniya sammitida ishtirok etadi. Ushbu formatga yuqorida qayd etilgan davlatlardan tashqari Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston ham kiradi.

"O‘ylashimcha, asosiy e’tibor mintaqa bilan iqtisodiy munosabatlarni yaxshilashga qaratiladi", — deya izoh berdi Germaniya tashqi siyosat jamiyati eksperti Shtefan Mayster tashrif haqida.

Shuningdek, sammit doirasida migrasiya sohasida kelishuv imzolanishi kutilmoqda.O‘zbekiston Germaniyaga noqonuniy migrasiyaning (jumladan Afg‘onistondan) cheklanishida yordam berishi mumkin, shuningdek, o‘z fuqarolari uchun Germaniyaga mehnat migrasiyasi shartlarini soddalashtirmoqchi.

"Germaniya uzoq vaqtdan beri Yevropa Ittifoqi doirasida Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni ilgari surmoqda", — deb yozadi "Fan va siyosat" jamg‘armasi hisoboti mualliflari.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, 2023 yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan "C5+1" sammitidan keyingi bir yil ichida katta o‘zgarishlar bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!