Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi

Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi

Evropada suv toshqinlari kuchaymoqda, “Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan. Ko‘plab shaharlar butunlay suv ostida qolgan, o‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar vertolyotlardan odamlarni evakuasiya qilmoqda.

Polshada kichik Stronyo-Slaskiye shaharchasi suv bosimiga bardosh bera olmagan to‘g‘onning buzilishi tufayli suv ostida qoldi. Suv toshqinlari Quyi Sileziya, Opolsk va Malopolsk voyevodeliklarida katta zarar yetkazdi.

Polshada mamlakat janubi va g‘arbidagi halokatli suv toshqinlari tufayli tabiiy ofat holati joriy etiladi. Ukraina Polsha va Chexiyaga tabiiy ofat oqibatlarini yengishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!