BAA G‘azodan 100 ga yaqin yarador va og‘ir kasallarni evakuasiya qildi

BAA G‘azodan 100 ga yaqin yarador va og‘ir kasallarni evakuasiya qildi

Birlashgan Arab Amirliklari G‘azo sektorining 97 nafar yarador va og‘ir kasal aholisini hamda ularning 155 nafar oila a’zolarini o‘z hududiga ko‘chirdi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, evakuasiya qilingan anklav aholisi, jumladan, saraton kasalligiga chalingan bemorlarga mamlakatdagi ixtisoslashtirilgan markazlarda tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Evakuasiya qilinganlar Amirlik rasmiylari yordamida Kerem Shalom nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazildi va Isroil janubidagi Ramon aeroportidan Abu-Dabiga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, urush boshlanganidan beri BAA Falastindan 1665 nafar bemor va ularning oila a’zolarini evakuasiya qilgan. So‘ngi evakuasiyani hisobga olsak, ularning umumiy soni 1917 kishiga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!