Toshkent Xalqaro kinofestivalini o‘tkazish vaqti kechiktirildi

Toshkent Xalqaro kinofestivalini o‘tkazish vaqti kechiktirildi

Shu yilning 15-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Ipak yo‘li durdonasi" XVI Toshkent Xalqaro kinofestivalining o‘tkazilish sanalari noma’lum muddatga kechiktirildi. Festival tashkilotchilari holatni "...boshqa bir qancha yirik tadbirlar, jumladan, futzal bo‘yicha Jahon chempionati, xalqaro forum va konferensiyalar o‘tkazilishi.." bilan izohlagan.

Tadbir kuni aniq bo‘lgan, chet eldan mehmonlar kela boshlagan bir paytda festivalning to‘satdan kechiktirilgani turli savollarni o‘rtaga tashlaydi, garchi bunga Futzal bo‘yicha Jahon chempionati va boshqa Xalqaro tadbirlar vaj qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kinofestivalga uch kun qolganida tadbirning bekor bo‘lishi ko‘pchilikni og‘rintirgani aniq.

2021 yil, dekabr. Belgiya hukumati Koronavirusning Omikron varianti tarqalishining oldini olish maqsadida madaniy tadbir va namoyishlar qo‘yilishini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Natijada, mamlakatda odamlar mazkur qarorga qarshi tinch namoyishga chiqdi. Minglab odamlar "Shoular o‘tkazilishi shart", "Madaniyat yo‘q ekan, kelajak yo‘q", degan jumlalar yozilgan posterlarni ko‘tarib, o‘z qarshiliklarini bildirishgandi.

Yuqorida madaniyat va san’at uchun odamlar qanchalik jon kuydirgani misolini keltirdik. O‘zimizda esa Mamlakat imijini ko‘taradigan Xalqaro festival uch kun qolganida bekor qilindi yoki tashkilotchilar tilida aytganda kechiktirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!