“Mustaqillik-25” konida ayni paytda 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni yakunlandi

“Mustaqillik-25” konida ayni paytda 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni yakunlandi

Sentyabr oyi boshida vodorod sulfidajralib chiqqan “Mustaqillik-25” konidaayni paytda 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni yakunlandi.

Shu maqsadda sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha blogi qurildi vao‘rnatildi. So‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazildi.Quduq germetiklandi va so‘ndirildi.

14 sentyabr kuni tahminan soat 13:05da minoradan chikib turgan quvurning ustiga PVO (sizib chiqishga qarshi qurilma) o‘rnatilib, 15 sentyabr kuni to‘lik tizimnipresslash o‘tkazildi. 15 sentyabr kuni soat 16:40 da Barit nomli maxsus eritmayuborildi va 16:50 lar chamasi minoradan va chiqaruvchi uskunalardan gaz chikishi to‘xtatildi.

Hodisa oqibatlarini rejali bartarafetish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirildi. Vaziyatniprofessional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya vaAQSh ekspertlarining tashrifi tashkiletildi.

Ta’kidlash joizki, hodisa oqibatlarni bartaraf etish davomida aholi uchun hech qanday xavf bo‘lmagan.

Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston Respublikasi FVV va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borildi. Hodisa boshidan barcha zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash va monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti. Shuningdek, burg‘ilash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirildi va yakunlandi, tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish va foydalanish uchun tayyorlandi.

Shuni qo‘shimcha qilamizki, “Mustaqillik-25” konini o‘zlashtirishalohida murakkabligi bilan ajralibturadi, bu yerda xalqaro tajribadanfoydalaniladi va kuchaytirilganxavfsizlik choralari ko‘riladi, shujumladan xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Uglevodorodni qazib olishtobora murakkablashib bormoqda, bu esadoimiy ravishda yangi tajriba vako‘nikmalarni talab qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!