Xitoy yangi avlod qiruvchi samolyotlarini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Xitoy yangi avlod qiruvchi samolyotlarini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Qayd etilishicha, Xitoy J-31 yoki J-35 nomli tashuvchi samolyotga asoslangan jangovar qiruvchi uchoqni ishlab chiqmoqda. Bu Xitoyning 2012 yilda birinchi parvozini amalga oshirgan beshinchi avlod og‘ir ikki dvigatelli FC-35 qiruvchi samolyotining modifikasiyalaridan biri ekanligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, aprel oyida Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Lyaonin aviatashuvchi kemasidagi yangi avlod qiruvchi samolyoti aks etgan fotosurat tarqaldi.

Hozirda mamlakat armiyasining asosiy qiruvchisi J-15 bo‘lib, u Xitoy Ukrainadan sotib olingan Su-33 prototipi asosida ishlab chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!