Evropada olti kishi «Boris» qurboni bo‘ldi

Evropada olti kishi «Boris» qurboni bo‘ldi

Sharqiy va Markaziy Yevropada kamida olti kishi «Boris» to‘foni qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ruminiyaning Libertatia gazetasi xabar berdi .

Qutqaruvchilarning statistik ma’lumotlariga tayangan nashrning ma’lum qilishicha, to‘rt kishi Ruminiyada , biri Polshada va yana biri Avstriyada tabiiy ofat qurboni bo‘lgan . Yana bir kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Bundan tashqari, bo‘ron besh mingdan ortiq xususiy turar-joylarni butunlay vayron qilgani yoki zarar ko‘rgani da’vo qilinmoqda. Mintaqaning ayrim daryolarida suv sathi ikki barobardan ko‘proqqa ko‘tarilib, o‘nlab aholi punktlarini suv bosishi xavfi tug‘dirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!