Qizil dengizda Sounion neft tankeri 1 oydan beri yonmoqda

Qizil dengizda Sounion neft tankeri 1 oydan beri yonmoqda

Gresiya bayrog‘i ostidagi Sounion tankeri 21 avgust kuni huciylarning raketa hujumidan so‘ng yonib ketdi. Kema bortida 150 ming tonna neft (1 million barrel) bor, biroq u hali oqib ketmagan. Biroq, ekologik xavf yuqori. Bu haqda Energy monitor axborot-ekspert kanali xabar berdi.

Sentyabr oyi boshida husiylar tankerni tortib olishga ruxsat berishgan. Ammo mutaxassislar bu jarayonni kemadagi issiq joylar va yuqori harorat tufayli xavfli deb topdilar. Boshqa yechimlar uzoq vaqt davomida o‘rganilgan.

Yonayotgan neft tankeri o‘tayotgan kemalarga tahdid solmoqda. Uning yonida Gresiya qutqaruv kemasi, Gresiyaning "Psara" fregati va Fransiya harbiy kemasi navbatchilik qilmoqda. Hamma tanker va uning yukini saqlab qolish uchun yangi operasiya boshlanishini kutmoqda.

Tashish uchun YEI Harbiy-dengiz kuchlarining Aspides missiyasi yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!