Rossiya va Ukraina bir-biriga hujum qildi
15 sentyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya hududi uzra 29 ta dron urib tushirildi, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotida aytilgan.
Ulardan 15 tasi Bryansk viloyati, 5 tasi Kursk viloyati, 4 tasi Smolensk viloyati, ikkitasi Orel viloyati va bittadan Belgorod, Kaluga va Rostov viloyatlari hududi ustidan tutilgan.
Belgorod viloyatining Shebekinskiy tumanida tun bo‘yi, taxminiy uchuvchisiz samolyot qulaganidan keyin sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishda davom etishdi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov ertalab ma’lum qilishicha, yong‘in hali lokalizasiya qilinmagan, biroq o‘t o‘chirish brigadalari voqea joyida ishlashda davom etgan. Qurbonlar yo‘q.
Shu bilan birga, Ukraina Harbiy-havo kuchlari hisobotida aytilishicha, bugun tunda Rossiya harbiylari Ukrainaga ikkita «Iskandar-M» ballistik raketasi va bitta X-59 boshqariladigan raketasi, shuningdek, 14 ta hujumchi uchuvchisiz samolyot bilan zarba bergan.
Harbiy havo kuchlari havo hujumidan mudofaa tizimi Dnepropetrovsk, Sumi, Poltava va Nikolayev viloyatlarida ishlaganini qo‘shimcha qildi.